Qozog‘istonda koronavirusga chalinganlar soni 2025 kishiga yetdi

Qozog‘istonda 22-aprel holatiga ko‘ra, koronavirus bilan kasallanganlar soni 2025 kishiga yetdi. Bu haqda Davlat komissiyasining tezkor shtabiga tayanib, Tengrinews xabar berdi.
Mamlakatda COVID-19 koronavirus infeksiyasi tarqalishi boshlanganidan buyon 19 kishi virus qurboniga aylangan, shuningdek, 489 bemor davolanishga muvaffaq bo‘lgan.
Ayni vaqtda COVID-19 holatlari mamlakatning quyidagi hududlarida qayd etildi:
  • Nur-Sulton — 401;
  • Olmaota — 680;
  • Qizilo‘rda viloyati — 151;
  • Atirau viloyati — 82;
  • Qarag‘anda viloyati — 101;
  • Oqmo‘la viloyati — 83;
  • Olmaota viloyati — 55;
  • Turkiston viloyati — 66;
  • Jambil viloyati — 76;
  • Aqto‘be viloyati — 27;
  • Shimoliy Qozog‘iston viloyati — 30;
  • Chimkent — 103;
  • Sharqiy Qozog‘iston viloyati — 11;
  • G‘arbiy Qozog‘iston viloyati — 72;
  • Pavlodar viloyati — 37;
  • Ko‘stanay viloyati — 34;
  • Mang‘istov viloyati — 16 ta holat.
Avvalroq Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev 16-aprel kuni joriy etilgan favqulodda holat rejimini aprel oyining oxiriga qadar uzaytirgani haqida xabar berilgandi.
Место для вашей рекламы