Neftga bog‘liq tarixdagi eng yirik falokatlar. Ular orasidan Mingbuloq neft koni ham o‘rin olgan (foto)

2010-yil 20-aprel kuni Meksika ko‘rfazidagi AQShning hududiy suvlarida Deepwater Horizon neft platformasida portlash sodir bo‘lgan edi. Oqibatda 780 ming tonnadan ortiq neft okeanga oqib ketgan. Bu AQSh tarixidagi eng yirik ekologik falokatlardan biri hisoblanadi. “Kommersant” ushbu fojia va neftning oqib ketishiga oid boshqa holatlarni to‘plab taqdim etdi.

Tarixda neft to‘kilishiga oid eng yirik holatlardan biri Kalifroniya shtatidagi “Leykvyu” neft fontanida sodir bo‘lgan. Avariya oqibatida 1,2 million tonnadan ortiq neft to‘kilgan, fontan 18 oy davomida — 1910-yilning martidan, 1911-yilning sentabriga qadar otilib turgan. Falokat yanada ko‘proq ekologik oqibatlarni yuzaga keltirishi mumkin edi, biroq ishchilar atrofni o‘rab chiqib, neftning Buena-Vista ko‘liga yetib borishiga yo‘l qo‘ymagan.
1991-yilning yavarida Kuvaytni istilo qilgan iroqliklar Fors ko‘rfaziga 820 ming tonnadan ortiq neftni to‘kib yuborib, 600 kilometrga yaqin qirg‘oqni ifloslantirgan.
Shuningdek, 700 ta neft quduqlari yoqib yuborilgani sabab sahroda 300 ta neft ko‘llari paydo bo‘lgan. Kuvaytning o‘sha vaqtdagi umumiy zarari 170 milliard dollarga baholangan.
Ko‘rfazdagi neft dog‘ining o‘lchami 160x68 kilometrga yetgan, ayrim hududlarda to‘kilgan neft qalinligi 13 santimetrni tashkil etgan. Ko‘lni “quritish” uchun 10 yilga yaqin vaqt ketdi.
2010-yilning 20-aprel sanasida Deepwater Horizon neft platformasida portlash sodir bo‘ldi.
Portlash oqibatida 780 tonnadan ortiq neft okeanga to‘kilgan.
Okean resurslaridan foydalanish, ularni muvofiqlashtirish va nazorat qilish byurosining tergov natijalariga ko‘ra, mazkur fojiaga VR minorasini ijaraga olgan hamkor va pudratchilar — Transocean va Halliburton javobgar.
Falokatning AQSh iqtisodiyotiga yetkazgan zarari 145,9 milliard dollarga baholangan bo‘lib, asosan, turistik va baliqchilik sohasiga ziyon yetgan. VR kompensatsiya to‘lash va to‘kilgan neft oqibatlarini bartaraf etishga 61,6 milliard dollar sarflagan.
Место для вашей рекламы