Uxandan 2 oydan so‘ng qaytgan shifokorning sochi oqarib ketgani uchun qizi uni tanimadi

Xitoyning Guychjou provinsiyasida uch yoshli qizcha ikki oydan so‘ng Uxandan uyga qaytgan shifokor otasi Van Bensyueni tanimadi, deb yozadi AsiaOne.
Bensyue koronavirusga chalingan bemorlarni davolashda yordam berish uchun fevral oyida Uxanga ketgan edi. U kasalxonada 21 nafar bemorga qaradi. Ikki oy ishlaganidan so‘ng 39 yoshli Bensyuening sochi to‘liq oqarib ketdi.
Guychjouga qaytganidan keyin Bensyue uyi ostonasidan turib qizini chaqirdi. Hayron bo‘lgan qizcha otasiga yaqinlashib, kimligini so‘radi. Qizcha sochi oqarib ketgan kishi otasi ekanligini anglab yetishi uchun unga bir necha daqiqa kerak bo‘ldi. Shundan so‘ng u otasini quchoqlab oldi.
Место для вашей рекламы