O‘zbekiston
yangiliklari

Saudiya Arabistonidagi islom olamining asosiy ziyoratgohlari Ramazon oyida ham yopiq qoladi

Saudiya Arabistonidagi islom olamining asosiy ziyoratgohlari Ramazon oyida ham yopiq qoladi
YANGILIKLAR / DUNYO
15:09, 21 апрель 2020
270
0
Makkadagi Al-Harom va Madinadagi Nabaviy Masjidi Ramazon oyida ham yopiq bo‘ladi. Bu haqda Saudiya Arabistonining ikki muqaddas masjid ishlari bo‘yicha bosh boshqarmasiga tayanib, “RIA Novosti” xabar berdi.
“Ikki muqaddas masjidning ochilishi koronavirus tarqalishiga qarshi kurash choralari doirasida Ramazon oyida ham ochilmaydi”, — deyiladi xabarda.
Musulmonlar har yilgi an’analardan farqli ravishda joriy Ramazon oyida ushbu masjidlarda jamoatchilik va taroveh namozlarini o‘qiy olmaydi.
Eslatib o‘tamiz, Al-Harom va Nabaviy Masjidda jamoat namozlari o‘qilishi 20-martda to‘xtatilgan edi. Fevral oxirida Saudiya Arabistoni rasmiylari Makka shahrida Umra amalini bajarish va Madinada Nabaviy Masjidni ziyorat qilish uchun keladigan fuqarolarning mamlakatga kirishini vaqtincha to‘xtatib qo‘ygandi. Makkada koronavirus tufayli ziyoratchilarning Ka’ba atrofidagi maydonga o‘tishi vaqtincha cheklangan.
Kuni kecha Saudiya Arabistoni Ulamolar kengashi butun dunyodagi musulmonlarni Ramazon oyi davomida barcha namozlarni, jumladan, taroveh namozini ham uyda o‘qishga chaqirdi. O‘zbekiston musulmonlari idorasi ham Ramazon oyini o‘tkazish haqidagi bayonotida xuddi shu kabi tavsiyani bergan.
Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda Ramazon oyi 24-apreldan boshlanadi.
Fikrlar (0)
Fikr bildirish
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив