O‘zbekiston
yangiliklari

“Real” “Milan” darvozaboni uchun 50 million yevro taklif qiladi

“Real” “Milan” darvozaboni uchun 50 million yevro taklif qiladi
SPORT
15:05, 21 апрель 2020
159
0
“Milan” darvozaboni Janluiji Donnarumma mavsum yakunida “Real”ga o‘tishi mumkin.
Madridliklar klubi 21 yoshli darvozabon uchun 50 million yevro sarflashga tayyor. Bu haqida Tuttosport’ga tayanib Milan News xabar qilmoqda.
Ta’kidlanishicha, “Real” bosh murabbiyi Zinedin Zidan jamoaning hozirgi posboni Tibo Kurtuaning o‘yinidan qoniqish hosil qilmayapti va uning o‘rnini egallashi mumkin bo‘lgan boshqa variantlarni ko‘rib chiqmoqda.
Donnarumma esa “Milan” bilan shartnomani uzaytirishni istamayapti. “Milan” 2021-yilda erkin agent maqomini oladigan futbolchini sotib yuborishga rozi bo‘lishi mumkin.
Italiya terma jamoasi darvozaboniga shuningdek, PSJ va “Chelsi”dan ham qiziqish bor.
Fikrlar (0)
Fikr bildirish
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив