O‘zbekiston
yangiliklari

Qirg‘izistonda koronavirus bilan kasallanganlar 590 kishiga yetdi

Qirg‘izistonda koronavirus bilan kasallanganlar 590 kishiga yetdi
DUNYO
14:11, 21 апрель 2020
146
0
Qirg‘izistonda koronavirus bilan kasallanish bo‘yicha yana 22 ta holat qayd etildi. Bu haqda mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligiga tayanib, “Kloop.kg” xabar berdi.
COVID-19 koronavirus infeksiyasini yuqtirib olish bo‘yicha so‘nggi holatlar quyidagi hududlarda aniqlangan:
  • Bishkek shahri — 8;
  • O‘sh shahri — 6;
  • O‘sh viloyati — 3;
  • Norin viloyati — 5 ta.
Shunday qilib, mamlakatda koronavirus bilan kasallanganlarning jami soni 590 kishiga yetdi.
Kasallikka chalinish holatlari, asosan, O‘sh viloyatida qayd etilgan — 150 kishi. Undan keyingi o‘rinda Bishkek (123 kishi) va Jalolobod viloyati (105 kishi) joylashgan. COVID-19 bilan kasallanish bo‘yicha eng kam holatlar Issiqko‘l va Botken viloyatlarida qayd etilgan — mos ravishda 8 va 6 kishi.
Respublikaning Talas viloyatida kasallikka chalinish bo‘yicha birorta ham holat qayd etilmagan.
Ayni vaqtda 367 kishi statsionarda davolanmoqda, ularning 5 nafari jonlantirish bo‘limida. Qirg‘izistonda pandemiya boshlanganidan buyon 7 kishi vafot etgan, 216 kishida virusdan davolangan.
Avvalroq Qirg‘izistondagi kasalxonada barcha tibbiyot xodimlari koronavirusga chalingani haqida xabar berilgandi.
O‘zbekistonda esa 21-aprel soat 10:00 holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasini yuqtirib olganlar soni 1657 kishini tashkil etmoqda. Mamlakatda 15-martdan buyon koronavirusga chalingan bemorlarning besh nafari vafot etdi, 261 nafari esa sog‘ayib, reabilitatsiyaga olingan. Xorijda 73 o‘zbekistonlikda koronavirus aniqlangan (eng ko‘pi — 42 nafari — Rossiyada), ularning to‘rt nafari vafot etgan.
Fikrlar (0)
Fikr bildirish
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив