O‘zbekiston maktablarida o‘quv yili onlayn tarzda yakunlanadi

Respublika maxsus komissiyasining qaroriga ko‘ra, 2019/2020-o‘quv yili onlayn tarzda yakunlanadi. Bu haqda Adliya vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, xalq ta’limi tizimidagi tashkilot va muassasalarida 2019/2020 o‘quv yili “online-maktab” loyihasi doirasida tashkil etilgan masofaviy televizion videodarslar orqali yakunlanadi. Ya’ni, o‘quvchilar sentabr oyigacha maktablarga boshqa bormaydi.
O‘qituvchilar va masofaviy ta’lim jarayonini tashkil etish uchun zarur bo‘lgan xalq ta’limi tizimidagi (ta’lim muassasalari, tashkilotlari, hududiy bo‘linmalar) xodimlar o‘z ish faoliyatlarini masofaviy tarzda (ish haqi to‘langan holda) davom ettiradi.
Avvalroq Adliya vazirligi Respublika maxsus komissiyasining qarori bilan karantinning 2020-yil 10-mayigacha uzaytirilganidan keyin amalga oshiriladigan qo‘shimcha chora-tadbirlar haqida ma’lumot bergandi.
Место для вашей рекламы