O‘zbekiston
yangiliklari

Koronavirusga qarshi kurash shtabi: “O‘zbekiston koronavirus bo‘yicha istalgan voqealar rivojiga tayyor”

Koronavirusga qarshi kurash shtabi: “O‘zbekiston koronavirus bo‘yicha istalgan voqealar rivojiga tayyor”
JAMIYAT
15:01, 21 апрель 2020
130
0
Koronavirusga qarshi kurash shtabi O‘zbekiston koronavirus infeksiyasining tarqalishi bo‘yicha istalgan voqealar rivojiga tayyorligi ta’kidlandi.
Bu haqda 21-aprel kuni AOKA huzurida tashkil etilgan shtabdagi brifingda Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Habibulla Oqilov ma’lum qildi.
Jumladan, fuqarolar tomonidan O‘zbekistonda infeksiyaga chalingan bemorlar uchun qancha shifo o‘rinlari (koykalar) tashkil etilgani, sog‘liqni saqlash tizimining tayyorgarligi, tibbiyot xodimlari borasidagi savolga to‘xtalib o‘tildi.
Hozirgi kunda Respublika maxsus komissiyasi koronavirus bo‘yicha vaziyat rivojlanishining turli ehtimoliy talqinlariga hozirlanayotgani
Shu jumladan, shifoxonalarda birinchi, ikkinchi, uchinchi tartibda shifo o‘rinlarining (koykalar) yetarlicha zaxirasi yaratilgani, dori-darmon, himoya va dezinfeksiya vositalari zaxirasi borligi, kerakli tibbiyot uskunalari, shu jumladan, sun’iy nafas oldirish apparatlari xarid qilinayotganligi aytildi.
Barcha ixtisoslikdagi shifokorlar va o‘rta tibbiyot xodimlarining koronavirus sharoitida ishlash uchun onlayn ta’lim olish jarayoni davom etayotganligi ham qo‘shimcha qilindi.
Eslatib o‘tamiz, Respublika maxsus komissiyasi tomonidan koronavirus infeksiyasi keng tarqalishining oldini olish maqsadida joriy etilgan barcha cheklovlar 2020-yilning 10-mayiga qadar uzaytirilgan. Respublika maxsus komissiyasi karantin davri uchun yangi tartiblarni e’lon qildi.
Fikrlar (0)
Fikr bildirish
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив