O‘zbekistonda harbiy xizmat uchun o‘tkazilgan tibbiy ko‘rik natijalari 3 oygacha o‘z kuchida qoladi

Fuqarolardan harbiy xizmatga tibbiy ko‘rikdan o‘tib bo‘lganlarning natijalari karantindan keyin ham o‘z kuchida qolishi yoki yangidan o‘tkazilishi haqidagi savolga Mudofaa vazirligi axborot xizmati rahbari Bahrom Zulfiqorov qisqacha izoh berib o‘tgan. “Daryo” muxbirining xabar berishicha, bu haqda AOKA huzurida tashkil etilgan shtabda bo‘lib o‘tgan brifingda  ma’lum qilgan.

Unda aytilishicha, tibbiy ko‘rik natijalari o‘z kuchida qoladi. Ammo amaldagi me’yoriy huquqiy hujjat, ya’ni Mudofaa, Ichki ishlar va Favqulodda vaziyatlar vazirliklari, Milliy gvardiya va Davlat xavfsizlik xizmatining 2019-yil 3-apreldagi qo‘shma qaroriga ko‘ra funksional tekshiruv va laboratoriya natijalari faqat uch oy davomida o‘z kuchida qolishi mumkin.
Tibbiy ko‘rikdan so‘ng uch oy muddat o‘tgan bo‘lsa, fuqarolar karantin tugaganidan so‘ng qaytadan tibbiy ko‘rikka murojaat qilishi ta’kidlandi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda 2020-yildan boshlab 18 yoshdan 27 yoshgacha bo‘lgan yigitlar bir yillik muddatli harbiy xizmatga borishi qat’iyan belgilangan edi. Bundan tashqari, oliy ma’lumotli fuqarolar ham 12 oy harbiy xizmatni o‘taydigan bo‘lgan.
Место для вашей рекламы