Habib Nurmagomedov UFC’ga qaytishi haqida: Bu mening UFC tarixida katta ustunlikka erishgan 4 yilim sifatida esda qoladi

Yengil vazn toifasida UFC chempioni Habib Nurmagomedov 2016-yilda tashkilotning chempionlik kamariga ega chiqishga yaqin kelganini yodga oldi. Sportchi ketma-ket oltita bahsni o‘z foydasiga hal qilgan, biroq keyinchalik tizzasidan jarohat olgandi.
“Roppa rosa to‘rt yil avval ketma-ket oltita jangda yutgan holda kamarga yaqin kelgandim. Ammo tizzamdan jiddiy jarohat oldim va mana bu videoda men uloqtirib tashlagan jangchi [Rafael dos Anyos] chempion bo‘ldi. Tiklanish jarayonida yana tizzamni shikastlab oldim, keyin esa qovurg‘amdan jarohat oldim. Ikki yil o‘tib qaytishga erishdim.
Biroq qaytganimdan keyingi jarayon endi tarix. Bu UFC tarixida katta ustunlikda o‘tgan to‘rt yillik sifatida esda qoladi.  Bu faktlar bilan hech kim bahslasha olmaydi, bu kimgadir yoqadi, yana kimgadir yo‘q. Qizig‘i shundaki, biz olg‘a yurishda davom etamiz”, — deya yozadi Nurmagomedov Instagram sahifasida.
Ma’lumot uchun, Habib 2014-yilda Rafael dos Anyosga qarshi jangdan so‘ng ikki yil o‘tib oktagonga qaytadi. Uchta jangdan so‘ng, 2018-yilning aprelida Aleksandr El Yakvintani mag‘lub etib, chempionlik kamariga ega bo‘ladi. Keyinchalik Konor Makgregor va Dastin Poryega qarshi janglarda ushbu kamarni himoya qiladi.
View this post on Instagram

Но потом я получил очень серьёзную травму колена и боец которого я раскидываю на этом видео стал чемпионом, потом я получил ещё один разрыв колена во время возвращения, потом перелом рёбер, после чего я смог вернуться только через 2 года. Но то что было после возвращения уже история, история которая запомнится как самые доминирующие 4 года в истории @ufc С этими фактами ни кто не поспорит, кому-то это нравится а кому-то нет, но что интересно мы продолжим идти дальше ИншаАллагь.

A post shared by Khabib Nurmagomedov (@khabib_nurmagomedov) on

Место для вашей рекламы