Xiaomi iyulning oxirigacha chiqaradigan 17 ta yangi gadjet bilan tanishing!

Hindistonlik insayder Sudhanshu Ambhore (Sudhanshu Ambhore) hamisha Xiaomi hali chiqarmagan mahsulotlar haqidagi ishonchli ma’lumotlari bilan ishonch qozongan. Kuni kecha u «Xitoycha Apple» yaqin oylar ichida Yevropa bozoriga taqdim etadigan devayslarni e’lon qildi.
Ushbu mahsulotlar smartfonlar emas, balki asosan «aqlli uy» va maishiy texnika jihozlaridir. Unga ko‘ra, aprelning o‘zidayoq Yepropa bozoriga Xiaomi’ning ikkita mahsuloti chiqadi. Bulardan biri Mi Robot Vacuum Mop Pro rusumli aqlli robot-changyutgichning qora tusdagi yangi versiyasi bo‘lsa, ikkinchisi Xiaomi Mi True Wireless Earphones 2 butkul simsiz quloqchinidir.
May oyida Xiaomi Mi AioT AC2350 routeri, Xiaomi Mi Robot Vacuum Mop (1S) robot-changyutgichi, HDMI porti orqali ulanuvchi Xaomi Mi TV Stick televizon pristavkasi Yevropada sotila boshlaydi.
Iyun oyida Xiaomi «aqlli uy» jihozlarini bu bozorga olib kiradi, ular qatorida kuzatuv kamerasi, chiroq, yangi ekotizim xabi, ventilyator, shuningdek, havo haroratini va namligini o‘lchovchi uskuna mavjud. Yozning o‘rtasida esa uchta rusumdagi elektrik samokat, yana bitta robot-changyutgich, ventilyator, yorug‘lik datchigi hamda portativ fotoprinter Yevropada sotila boshlaydi.
Место для вашей рекламы