“Shaytanat” serialining 21-qismi treyleri (video)

Yozuvchi Tohir Malik asari asosida suratga olingan “Shaytanat” serialining 20 ta qismi Zo‘r TV’da namoyish etildi. Yakunlovchi 21-qismni telekanal namoyish etmadi.

“Shaytanat” rejissori va prodyuseri, O‘zbekiston xalq artisti Yodgor Sa’diyev “Daryo”ga bergan izohida 21-qism karantindan so‘ng kinoteatrda namoyish etilishini ma’lum qildi.
“Ko‘pchilik kutayotgan 21-qism hali tayyor emas. Karantindan keyin montaj va ovoz berish jarayonlarini oxirigacha yetkazamiz. So‘ngra Alisher Navoiy nomli kinosaroyda aktyorlarni yig‘ib, premyera qilib beramiz”, — dedi Yodgor Sa’diyev.
Serialning 21-qismi ilgari hech qayerda namoyish etilmagan. Ammo uning treyleri bir necha yil oldin internetda paydo bo‘lgan. 21-qismda Ulug‘bek Qodirov hamda Nozim To‘laxo‘jayev singari aktyorlar rol ijro qilgan. Yakunlovchi qism katta ekranlarga chiqquncha uning treylerini tomosha qilib turing.
“Shaytanat” seriali voqealari o‘tgan asrning 80-yillarida bo‘lib o‘tadi va undagi qahramonlarning barchasi to‘qima obraz hisoblanadi. Eslatib o'tamiz siz Shaytanat serialining 1-20 qismlarini bizning Xits.pro va Topmuzon.uz saytlarimizdan bemalol bepul yuklab olishingiz mumkin.
Место для вашей рекламы