Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligiga yangi direktor tayinlandi. Bahrom Almatov direktor o‘rinbosariga aylandi

O‘zbekiston Prezidentining qarori bilan Bahodir Yusupaliyev Sog‘liqni saqlash vazirining birinchi o‘rinbosari – O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi direktori lavozimiga tayinlandi. Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar berdi.
Shu vaqtgacha Bahodir Yusupaliyev Sog‘liqni saqlash vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan edi.
Shuningdek, Vazirlar Mahkamasi qarori bilan Bahrom Almatov Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi direktori o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
Bahrom Almatov 2019-yilning sentabridan buyon Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi direktori – O‘zbekiston Bosh davlat sanitariya vrachi lavozimida ishlab kelayotgandi.
Bundan tashqari, Botirjon Qurbonov Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan.
Место для вашей рекламы