O‘zbekiston
yangiliklari

Megan Markl va shahzoda Garri karantinda qiynalgan oilalarga oziq-ovqat yetkazib berdi

Megan Markl va shahzoda Garri karantinda qiynalgan oilalarga oziq-ovqat yetkazib berdi
DUNYO
09:50, 19 апрель 2020
145
0
Megan Markl va shahzoda Garri karantin vaqtida oziq-ovqatdan qiynalayotgan oilalarga yordam ko‘rsatdi. Ushbu aksiyadagi ishtiroki haqida e’lon qilishni istamagan, Keyt va Garri videokameralar e’tiboridan chetda qolmagan.​
Harper’s Bazaar nashrining yozishicha, juftlik Project Angel Food notijoriy tashkilotining xayriya ishlarida ko‘ngilli sifatida ishtirok etgan. Ularning shaxsan o‘zi oziq-ovqatdan qiyinchilik ko‘rgan oilalarga kerakli mahsulotlar tarqatgan. Videokameradan olingan suratdan juftlikning kejual uslubida: futbolka, jinsi kiygani va himoya niqobi taqqanini ko‘rish mumkin.
Odamlarning hech biri shaxsan Britaniya qirolichasining nabirasi va uning rafiqasi qo‘lidan yeguliklar qabul qilib olishni kutmagan edi, deyiladi xabarda. “Paket”lar odamlar qo‘liga berilguniga qadar ularning qo‘riqchilari ko‘chada kutib turgan.
53 yashar Den Turrel mahsulotlarni kim olib kelganini shu zaxotiyoq tushunmagan. Undan oldin xayriya fondidan o‘​zini Megan deb tanishtirib, telefon qilgan ayolning Megan Marklligi hayoliga ham kelmagan. Pastga tushganida mallasoch yigitni ko‘ribgina qarshisida kim ekanini anglagan.
“Kimnidir yordam ko‘rsatishi yoqimli, chunki bu orqali biz haqimizda kimdir qayg‘urayotganini his qilamiz. Lekin bu yordamni Megan va Garri ko‘rsatsa, bu juda hayratlanarli”​, —​ deydi Den.
Fikrlar (0)
Fikr bildirish
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив