Internetda iPhone 12 Pro Max — eng katta iPhone’ning suratlari paydo bo‘ldi

Internetda tarqalgan smartfon chizmalari asosida 6,7 dyuymli yangi iPhone’ning surati paydo bo‘ldi, deb xabar qiladi Hi-Tech.Mail.ru.
Renderlar taniqli dizayner Maks Vaynbax hamda bloger EverythingApplePro tomonidan tayyorlandi. Insayderning ta’kidlashicha, chizmalarga ko‘ra, iPhone 12 Pro Max tarixdagi eng katta iPhone’ga aylanadi. Ushbu chizmalar yakuniy emas, shu sababli ayrim detallarga o‘zgartirish kiritilishi mumkin.
iPhone 12 Pro Max o‘zidan oldingi iPhone 11 Pro hamda qo‘shimcha LIDAR kameraga ega yangi iPad Pro’ning dizaynini o‘zida mujassamlashtirgan. Qurilma to‘rt obyektdan iborat massiv modulli kameralarga ega — 11 Pro’dagi uchta kameraga LIDAR (3D-kamera) ham qo‘shilgan. Korpusning yon hoshiyalari ingichka va o‘tkir burchakli — iPhone 5’ni yodga soladi.
iPhone 12 Pro Max o‘lchamlari jihatidan 11 Pro Max’dan sezilardi darajada katta. Birinchi navbatda display o‘lchami 6,5 dyuymdan 6,7 dyuymga qadar oshgan. Shu bilan birga, Apple hoshiyalarni va yangi smartfondagi qriqimni kichraytirgan, bu esa korpusni ixchamlashtiradi.
Joriy yilning kuzida Apple bir vaqtning o‘zida to‘rtta yangi iPhone taqdim etishi kerak — 5,4 dyuymli ekranga ega hamyonbop model, 6,1 dyuymga ega ikkita model hamda 6,7 dyuymli ulkan ekranga ega smartfon. Ularning barchasiga OLED displeylari o‘rnatiladi, biroq ular texnik jihatdan bir-biridan farq qiladi.
Foto: EverythingApplePro
Место для вашей рекламы