O‘zbekiston
yangiliklari

Tojikistonda pnevmoniyadan o‘lgan to‘rtinchi bemorning shifokorlari karantinga olindi. Mamlakatda hali ham koronavirus rasman qayd etilmagan

Tojikistonda pnevmoniyadan o‘lgan to‘rtinchi bemorning shifokorlari karantinga olindi. Mamlakatda hali ham koronavirus rasman qayd etilmagan
DUNYO
16:44, 18 апрель 2020
114
0
16-aprel kuni Tojikistonning Sug‘d viloyati Spitamen tumani markaziy shifoxonasida 68 yoshli erkak pnevmoniya oqibatida vafot etdi, deb xabar beradi Asia-Plus.
Jabbor Rasulov tumani fuqarosi Mo‘minjon Mirbaratov sakkiz kun oldin shifokorga murojaat qilgan. Unga ambulator davolash buyurilgan. Shundan so‘ng bemorning ahvoli og‘irlashgani sabab u Xo‘janddagi shifoxonaga yo‘l olgan. U yerda Mirbaratovga bronxopnevmoniya tashxisi qo‘yilgan va yana ambulator davolash buyurilgan.
Oradan ikki kun o‘tgach, bemorning ahvoli yanada og‘irlashib, tez yordam bilan Spitamen tumanidagi shifoxonaga olib kelingan. U zudlik bilan reanimatsiyaga joylashtirilgan, ammo shifokorlarning sa’y-harakatiga qaramay bronxlar va yurak faoliyatining yetishmovchiligi oqibatida vafot etgan. Mirbaratov bilan aloqada bo‘lgan sakkiz nafar shifokor karantinga joylashtirilgan.
So‘nggi vaqtlarda Tojikiston ommaviy axborot vositalari o‘pka va yurak kasalliklari, xususan, pnevmoniya, sil va yurak-qon tomirlari kasalliklari tufayli bir qator o‘limlar qayd etilganini ma’lum qildi. Ayrim holatlarda bemor vafot etgach, uning yaqinlari va shifokorlar karantinga joylashtirilgan. Marhumlardan biri tibbiyot xodimlari tomonidan noma’lum joyga dafn etilgan.
Tojikiston Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy himoya vazirligi esa hamon mamlakatda COVID-19 koronavirus infeksiyasi bilan kasallanish bo‘yicha birorta ham holat qayd etilmaganini ma’lum qilmoqda.
Avvalroq Tojikistonda karantinda bo‘lgan uch kishi vafot etgani haqida xabar berilgandi.
Fikrlar (0)
Fikr bildirish
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив