Opera xonandasi Shirin Mamatova koronavirus xavfi sabab shifoxonada karantinga olindi

Taniqli opera xonandasi, “Shuhrat” medali sohibasi Shirin Mamatova Toshkentdagi 5-sonli yuqumli kasalliklar shifoxonasiga tushib qoldi. U bu haqda Instagram’dagi sahifasida ma’lum qildi.
“Aziz obunachilarim, ayrim noxush sabablar tufayli kasalxonaga tushib qoldim. Hozirgi kunda kasalxona karantinga yopildi. Bu hamma bilan yuz berishi mumkin. Ahvolim yaxshi, koronavirusga test topshirdim, natija salbiy chiqdi. Biroq yana 14 kunni kasalxonada o‘tkazishim kerak. O‘zingizni va yaqinlaringizni asrang”, —  deb yozadi Shirin Mamatova.
Xonandaning muxlislari izohlarda unga sog‘lik tilab, hammasi yaxshi bo‘lishini yozib qoldirgan.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda 18-aprel soat 10:00 holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasini yuqtirib olganlar soni 45 kishiga oshib, 1450 nafarni tashkil etdi.
O‘zbekistonda 15-martdan buyon koronavirusga chalingan bemorlarning to‘rt nafari vafot etdi, 168 nafari esa sog‘ayib, reabilitatsiyaga olindi.
Место для вашей рекламы