Tovar-xomashyo birjasida qaysi turdagi mahsulotlarning narxi pasaygani ma’lum qilindi

AOKA huzuridagi shtabda, 16-aprel kuni bo‘lib o‘tgan brifingda Tovar-xomashyo birjasi axborot xizmati rahbari Hikmatilla Tillaboyev ayrim mahsulotlarning hajmi oshganligi yoki talabning nisbatan pasayishi sababli ularning narxlari ham pasaygani yoki barqaror holatda saqlanib qolayotganini aytib o‘tdi. Bu haqda “Daryo” muxbiri Musulmonbek Ibrohimov xabar berdi.
Foto: "Daryo.Uz"
“Masalan, shakarning narxi uning boshlang‘ich bahosi atrofida saqlanmoqda, ya’ni bir kilogramm uchun 5 276 so‘mni tashkil etdi, paxta yog‘ining narxi esa bir kilosi uchun 9 163 so‘m atrofida qayd etilmoqda”, — deydi Hikmatilla Tillaboyev.
Uning ta’kidlashicha, narxlarning pasayish holatlari, shuningdek, suyultirilgan gaz, benzin, sement, paxta tolasi, mineral o‘g‘itlari, polietilen va polipropilen bozorlarida kuzatilmoqda.
Место для вашей рекламы