Rossiyada koronavirusga chalingan o‘zbekistonlik vafot etdi

Rossiyaning Voronej shahrida koronavirus infeksiyasi aniqlangan O‘zbekiston fuqarosi vafot etdi, deb xabar beradi “RIA Novosti”.
Ta’kidlanishicha, shaharda COVID-19 koronavirus infeksiyasi oqibatida vafot etganlar soni 4 kishiga yetgan.
“Voronejdagi 8-sonli tez tibbiy yordam kasalxonasida O‘zbekiston fuqarosi vafot etdi. Avvalroq unda koronavirus aniqlangan edi. 39 yoshli erkak Rossiyada yashash huquqiga ega bo‘lib, yaqinda Moskvadan Voronejga qaytib kelgan. 10 kun davomida uyida kasal bo‘lib yotgan, 8-aprelga qadar shifokorga murojaat qilmagan. Ikki kun davomida sun’iy nafas oldirish apparatiga ulangan holda yotgan”, — deyiladi xabarda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Voronejda koronavirus aniqlangan 89 kishining 24 nafari davolanishga muvaffaq bo‘lgan.
Место для вашей рекламы