O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 1380 kishiga yetdi

O‘zbekistonda 17-aprel soat 10:00 holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasini yuqtirib olganlar soni 1380 nafarni tashkil etmoqda, deya xabar berdi Sog‘liqni saqlash vazirligi. Avvalroq 16-aprel soat 10:00 holatiga ko‘ra, tasdiqlangan kasallanish holatlari soni 1349 taga yetgani xabar qilingan edi.
Foto: Gazeta.Uz
O‘zbekiston so‘nggi bir sutka ichida koronavirusga chalinganlar soni 31 nafarga ko‘paydi. 16-aprelgacha kasallanish holatlari kuniga 100 dan oshayotgan edi.
O‘zbekistonda 15-martdan buyon koronavirusga chalingan bemorlarning to‘rt nafari vafot etdi, 129 nafari esa sog‘ayib, reabilitatsiya olindi.
Место для вашей рекламы