Markaziy harbiy okrugdagi harbiy qismning tayyorgarligi to‘satdan tekshirildi (foto va video)

Joriy yil 15—16-aprel kunlari Markaziy harbiy okrugiga qarashli Samarqand garnizonidagi harbiy qism to‘satdan tekshirildi. Bu haqda harbiy jurnalist G‘ayrat Madrahimov ma’lum qildi.
Rejaga asosan okrug qo‘mondonlik tomonidan berilgan “Yig‘in” signaliga muvofiq, shaxsiy tarkib qisqa vaqt ichida jangovar shay holatga keltirildi.
Jangovar texnikalar birin-ketin kollonaga qo‘yilib, belgilangan vaqt ichida mobil qo‘mondonlik punktlari yoyildi.
Tekshiruv mobaynida asosiy e’tibor harbiy qismning belgilangan vaqtda vazifani bajara olish qobiliyatiga qaratildi. Shu bilan birga, shaxsiy tarkibning mutaxassisliklar bo‘yicha butlanganligi hamda amaliy ko‘nikmalari tekshirildi.
Okrug qo‘mondonligi harbiy qism qo‘yilgan vazifani a’lo darajada bajarganini qayd etdi.
Avvalroq Markaziy harbiy okrugning tomonidan karantindagi obyektlarni qo‘riqlash uchun yuborilgan jangovar smena Samarqandda karantindan qochishga uringan fuqaroni qo‘lga olgan edi. Bundan tashqari, Markaziy harbiy okrug garnizonlarining jami 1657 nafar bo‘lajak askari dezinfeksiya ishlarida ishtirok etgandi.

Barcha fotosuratlar muallifi: G‘ayrat Madrahimov
Место для вашей рекламы