G‘uzor tumani yangi hokimi sessiyada o‘z takliflarini berdi

Xalq deputatlari G‘uzor tumani Kengashining navbatdagi sessiyasida tuman hokimi quyidagi ishlarni amalga oshirishda o‘z taklifini berdi.


- Aholini oziq-ovqat va zaruriy dari vositalari bilan uzluksiz taʼminlash bo‘yicha barcha choralarni ko‘rish. Xususan, aholiga ko‘chma do‘konlar va ko‘chma dorixonalar bilan dislokatsiya asosida aniq hamda manzilli xizmat ko‘rsatilishini taʼminlash;

-Oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash bo‘yicha aholi o‘rtasida tomorqa madaniyatini shakllantirishga qaratilgan tizimli tadbirlarni amalga oshirilish;
- Qishloq xo‘jaligining 9 ta yo‘nalishida manzilli tadbirlarni tashkil etish orqali 220 gektar bog‘ va tok orasiga hamda 2000 gektarga yaqin foydalanilmay kelgan yer maydolarini o‘zlashtirish hisobiga sabzavot mahsulotlarini yetishtirish hamda 10 dan ortiq zamonaviy issiqxonalar faoliyatini yo‘lga qo‘yish orqali 650 nafar ishsiz aholining bandligini taʼminlash;
- Asalarichilik sohasini rivojlantirish maqsadida G‘uzor tumanida 100 tonna asalni qadoqladigan korxona faoliyati yo‘lga qo‘yish;
- Pandemiya davrida faoliyat ko‘rsatmayotgan tadbirkorlar, xususan umumovqatlanish va xizmat ko‘rsatish korxonalari rahbarlariga qishloq xo‘jaligida bo‘sh yerlardan maqsadli foydalanishga qaratilgan loyihalarni taklif etish orqali ularning samarali faoliyat ko‘rsatishiga ko‘mak berish;
- Malakali dehqonlar tajribasidan unumli foydalanish maqsadida tumandagi Qishloq xo‘jaligi kollejida qoshida “Tajribali dehqonlar maktabi”ni tashkil etish.
Asosiy eʼtiborni mahalliy dehqonlarning tajribasi va malakasini oshirishga qaratish;
- Muhtoj va kambag‘al oilalarga yordam berish uchun tumandagi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limi qoshida “Hayriya fondi”ni tashkil etish;
-Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limi qoshida tashkil etilgan “Homiylik xayriyalarini muvofiqlashtirish markazi” orqali tumandagi 1000 nafardan ortiq ehtiyojmand oilalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarga manzilli yordamlarni ko‘rsatib borish;
- Qurilish ishlari olib borilayotgan tumandagi 6 ta qurilish obyektlariga ishsiz, shu jumladan Rossiya federatsiyasidan kelgan jami 700 nafardan ortiq fuqarolarning bandligini taʼminlash choralarini ko‘rish yuzasidan takliflarini berdi

G‘uzor tumani hokimligi Axborot xizmati
Место для вашей рекламы