O‘zbekiston
yangiliklari

“Dembele “Barselona”ni tark etadigan vaqt keldi” — Rivaldo

“Dembele “Barselona”ni tark etadigan vaqt keldi” — Rivaldo
SPORT
16:06, 17 апрель 2020
107
0
“Barselona” sobiq hujumchisi Rivaldo kataloniyaliklar hujumchisi Usmon Dembele haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
Foto: "Gettyimages"
“Dembeleni sotish vaqti keldi. U kutilgan natijani ko‘rsatish uchun ayrim o‘yinlarda yaxshiroq harakat qilishi mumkin edi.  Dembele uchun eng yaxshi yo‘l — jamoani tark etish.
“Barselona” bir nechta futbolchisidan qutulishi kerak. Buning evaziga Neymar va Lautaro Martines uchun joy ochiladi”, — deydi Rivaldo.
Braziliyalik sobiq futbolchining fikricha Dembeleda ulkan salohiyat bor, biroq vinger ko‘p jarohat olishi sabab undan foydalana olmayapti.
Fikrlar (0)
Fikr bildirish
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив