Yodgor Sa’diyev “Shaytanat”ning yakunlovchi qismi qachon va qayerda namoyish etilishiga aniqlik kiritdi

15-aprel kuni “Shaytanat” serialining yakuniy 21-qismi Zo‘r TVda namoyish etilmadi. Telekanalning 15-aprelga mo‘ljallangan teledasturlari ro‘yxatidan “Shaytanat” seriali ham joy olgandi. Biroq soat 20:00 dan boshlab amerikalik kinoijodkorlarning “Panjara ortida” seriali namoyish etilishni boshladi.

“‘Shaytanat’ning 20 ta qismi Zo‘r TVda namoyish qilinishidan avval ‘Oq shomlar’ nomli ko‘rsatuvda maxsus telepremyera o‘tkazdik. Men o‘sha ko‘rsatuvda serial 21-qism bilan tugaydi, deb aytgandim. Ammo shunga qaramay, ba’zi odamlar asossiz gap-so‘zlar tarqatishyapti. ‘Shaytanat’ning 22, 23 va 24-qismlari ham bor ekanligi, shunchaki, mish-mish xolos. Tomoshabinlarga yana bir bor aytaman, ‘Shaytanat’ 21-qism bilan yakunlanadi.
Ko‘pchilik kutayotgan 21-qism esa hali tayyor emas. Karantindan keyin montaj va ovoz berish jarayonlarini oxirigacha yetkazamiz. So‘ngra Alisher Navoiy nomli kinosaroyda aktyorlarni yig‘ib, premyera qilib beramiz”, — deydi Yodgor Sa’diyev.
O‘zbekiston xalq yozuvchisi Tohir Malikning “Shaytanat” asari o‘tgan asrning 90-yillarida dunyo yuzini ko‘rgan va o‘n besh yildan ortiq vaqt mobaynida jami beshta kitob millionlab nusxada chop etilgan edi.
Yodgor Sa’diyev rahbarligidagi “Qalqon” studiyasi tomonidan ishlangan “Shaytanat” seriali namoyishi boshlanganidan so‘ng ko‘p o‘tmay to‘xtab qolgan va buning sababi rasman izohlanmagan edi. Serial 20 yil davomida televideniyeda qo‘yilmagandi. Serial voqealari o‘tgan asrning 80-yillarida bo‘lib o‘tadi va undagi qahramonlarning barchasi to‘qima obraz ekani aytilgan.
2016-yilda bergan intervyusida Yodgor Sa’diyev turmush o‘rtog‘ining ruhini shod etish uchun 21-qism ustidagi ishlarni yakunlab qo‘ymoqchi ekanligini aytgandi.
“Bundan bir necha yil ilgari ‘Shaytanat’ning 21-qismini suratga olib qo‘ygandik, montaj qilinmagandi. Turmush o‘rtog‘im ‘Shuni oxiriga yetkazing’, deb o‘zi ham ko‘rmay ketdi. Hozir uning shu iltimosini bajaryapman. Montaj tugadi, endi ovozlashtirish ishlarini nihoyasiga yetkazsak, uning iltimoslaridan birini bajargan, ruhini shod qilgan bo‘laman”, — degandi Yodgor Sa’diyev.
2019-yilda bergan intervyusida Yodgor Sa’diyev 21-qism yakuniy qism bo‘lishini aytgandi.

Siz "Shaytanat" serialining 1-20 qismlarini tomosha qilish istagida bo'lsangiz bizning Xits.pro yoki Topmuzon.uz saytlarimizdan bemalol bepul yuklab olishingiz mumkin.
Место для вашей рекламы