Qozog‘istonda virusga chalinganlar soni 1331 kishiga yetdi

Qozog‘istonda koronavirus bilan kasallanish bo‘yicha yana 36 ta holat qayd etilib, jami kasallar soni 1331 kishiga yetdi, deb xabar beradiTengrinews.
Foto: “Inbusiness.kz” 
Kasallanish bo‘yicha so‘nggi 36 holat quyidagi hududlarda aniqlangan:
  • Qizilo‘rda viloyati — 4;
  • Pavlodar viloyati — 2;
  • Mang‘iston viloyati — 1;
  • Chimkent — 3;
  • G‘arbiy Qozog‘iston viloyati — 5;
  • Olmaota — 13;
  • Oqto‘be viloyati — 1;
  • Nur-Sulton — 5;
  • Qarag‘anda viloyati — 2 ta holat.
15-aprel kuni Qozog‘istonning Chimkent shahrida koronavirusga chalingan yana bir bemor vafot etgani haqida xabar berilgandi. Qozog‘istonda koronavirus bilan bog‘liq birinchi o‘lim holati 26-mart kuni qayd etilgan bo‘lib, hozirga qadar mamlakatda umumiy hisobda koronavirusdan 16 kishi vafot etdi.
O‘zbekistonda 16-aprel soat 10:00 holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasini yuqtirib olganlar soni 1349 nafarni tashkil etmoqda. Mamlakatda o‘tgan bir oy davomida koronavirusga chalingan bemorlarning to‘rt nafari vafot etdi, 107 nafari esa sog‘ayib, reabilitatsiya olindi. Bundan tashqari, xorijda kamida 23 o‘zbekistonlikda koronavirus aniqlangan, ularning uch nafari vafot etgan.
Место для вашей рекламы