Yong‘in Chernobil AESiga yaqinlashmoqda

Chernobil zonasidagi yong‘in AESning radiatsiyaviy chiqindilar omboriga yaqinlashdi. Bu haqda RIA Novosti nashri xabar berdi.

Xabarga qo‘ra, Chernobil zonasidagi yong‘in o‘ninchi kun ketma-ket davom etmoqda va u yana-da keng tarqalishni boshlab radiatsion chiqindilar omboriga yaqinlashmoqda. Yong‘in epitsentrida radiatsiya darajasi oshgan.

Ukraina hukumatining so‘nggi maʼlumotlariga  ko‘ra yong‘in Pripyat va Chernobil shaharlariga tarqalishining oldi olingan. Chernobil AESining to‘rtinchi reaktori ko‘milgan zona ham yong‘indan holi deya bayonot bergan Chernobil zonasini boshqarish bo‘yicha Ukraina davlat agentligi rahbari vazifasini bajaruvchi Yekaterina Pavlova.
Место для вашей рекламы