O‘zbekiston
yangiliklari

Qirg‘izistonda koronavirus bilan kasallanganlar soni 430 kishiga yetdi

Qirg‘izistonda koronavirus bilan kasallanganlar soni 430 kishiga yetdi
DUNYO
11:13, 14 апрель 2020
120
0
Qirg‘izistonda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlar soni 430 kishiga yetdi. Bu haqda respublika COVID-19’ga qarshi kurashish shtabiga tanyanib, “RIA Novosti” xabar berdi.

“14-aprel holatiga ko‘ra, yana 11  kishida COVID-19 tasdiqlandi”, — deyiladi xabarda.
Shunday qilib, butun Qirg‘iziston bo‘ylab koronavirus bilan kasallanganlar soni 430 kishiga yetdi, besh kishi vafot etgan. Kasallarning 11 nafari og‘ir ahvolda. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, infeksiyaga chalinganlar bilan 7 mingdan ortiq odam aloqada bo‘lgan. Davolanishga muvaffaq bo‘lgan 71 bemorga shifoxonadan ruxsat berilgan.
Pandemiya sabab respublikada 15-aprelga qadar favqulodda holat rejimi joriy etilgan. Avvalroq Qirg‘izistonda koronavirus bilan kasallangan tibbiyot xodimlari soni 79 nafarga yetgani haqida xabar berilgandi.
O‘zbekistonda 14-aprel soat 10:00 holatiga ko‘ra koronavirus infeksiyasini yuqtirib olgan fuqarolar soni 1054 kishiga yetdi. O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasiga chalinish bilan bog‘liq dastlabki holat qayd etilganidan beri 85 kishi sog‘aydi, to‘rt kishi (ikki ayol va ikki erkak) esa vafot etdi.
Fikrlar (0)
Fikr bildirish
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив