O‘zbekiston banklarida dollar 9850 so‘mgacha ko‘tarildi

O‘zbekiston banklari 14-aprel kuni dollarni 9750—9840 so‘mdan sotib olib, 9850 sotishni boshladi. Aprel oyi boshida banklarda dollar 9500—9600 atrofida oldi-sotdi qilinayotgan edi, deb yozadi Spot. 
Amerika valyutasi kursi birja savdolarida ham o‘sib bormoqda. O‘zbekiston valyuta birjasida 13-apreldagi savdolar yakuniga ko‘ra dollar qiymati 9752 so‘mga yetgan. Oy boshida ko‘rsatkich 9600 so‘m atrofida edi.
O‘zbekiston Markaziy banki tomonidan 13-aprel kuni e’lon qilingan valyutalarning yangi rasmiy kurslariga ko‘ra, AQSh dollari 100 so‘mdan ko‘proqqa o‘sdi. So‘m AQSh valyutasiga nisbatan 2019-yil avgustidan beri bunday qadrsizlanmagan edi.
Markaziy bank dollar kursining o‘sishiga koronavirus sabab eksport tushumlari va pul o‘tkazmalari hajmi kamaygani, asosiy savdo hamkorlari (Rossiya va Qozog‘iston)da kuzatilgan devalvatsiya va boshqalarni sabab qilib ko‘rsatgan edi.
Ayni vaqtda Markaziy bank so‘m almashuv kursining qadrsizlanishi ehtimolini past darajada baholamoqda.
Место для вашей рекламы