Reyting: Instagram’da eng ko‘p obunachiga ega o‘zbek shou-biznesi vakillari (foto)


O‘zbek musiqa va kino olami vakillari instagram’da juda ham faol harakat qilishadi. Bugungi kunda ularni Instagram tarmog‘ida millionlab muxlislar kuzatib borishadi. Biz ushbu tarmoqdagi eng ko‘p obunachiga ega o‘zbek shou-biznes yulduzlarni e’tiboringizga havola etamiz.
Bugungi kunda o‘zbek shou-biznesida eng ko‘p obunachi Shahzodada bo‘lib, uni Instagram’da 4 million follover kuzatadi.
Ikkinchi o‘rinni xonanda va aktrisa Munisa Rizayeva band qilgan bo‘lib, uni tarmoqda 3,8 million kishi kuzatadi.
Munisa Rizayevadan keyingi o‘rinni uning hamkasbi O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Rayhon G‘aniyeva egallagan. Uni ushbu tarmoqda 3,2 million kuzatuvchisi bor.
Aktrisa, dizayner va boshlovchi Shahzoda Muhammedova Instagram tarmog‘ida juda ham faol, ushbu faollik uni 2,9 million obunachi yig‘ishiga sabab bo‘lgan bo‘lsa ajab emas. U ushbu reytingda to‘rtinchi o‘rinda.
Shahzoda Muhammedovadan keyingi pog‘onani aktrisa Asal Shodiyeva 2,5 million kuzatuvchisi bilan band qilib turibdi.
Место для вашей рекламы