O‘zbekiston
yangiliklari

O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 896 nafarga yetdi

O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 896 nafarga yetdi
JAMIYAT
16:55, 12 апрель 2020
157
0

O‘zbekistonda 13-aprel soat 10:00 holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasini yuqtirib olgan fuqarolar soni 896 kishiga yetdi, deya xabar bermoqda Sog‘liqni saqlash vazirligi. Avvalroq, 12-aprel kuni soat 23:00 holatiga ko‘ra, bemorlar soni 865 nafarga yetgani ma’lum qilingandi. 
O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasiga chalinish bilan bog‘liq dastlabki holat qayd etilganidan beri (15-mart) 66 kishi sog‘aydi, to‘rt kishi (ikki ayol va ikki erkak) esa koronavirus sabab vafot etdi.
O‘zbekistondan tashqari Avstriya, Armaniston, AQSh, BAA, Janubiy Koreya, Pokiston, Rossiya, Tailand va Qozog‘istonda ham jami 23 nafar vatandoshda koronavirus aniqlangan, ulardan uch nafari (barchasi AQShda) vafot etgan. Vafot etganlardan biri O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, taniqli shashmaqom ijrochisi Rustam Samarqandiy edi.
Fikrlar (0)
Fikr bildirish
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив